Rahmatilla Mirzaevning o`limida ayblanayotgan gumondor qo`lga olindi

Jamiyat 03.03.2015, 13:56
Rahmatilla Mirzaevning o`limida ayblanayotgan gumondor qo`lga olindi

IIV matbuot xizmati bergan xabarga ko`ra, taniqli suxandon Rahmatilla Mirzaev 2015 yil 2 mart kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi hovlisida bir necha marta pichoq sanchilgan holda topilgan. Bu haqda  IIV matbuot xizmati xabar beradi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, suxandonning  qotili sifatida gumon qilingan Zangiota tumani Chuvalachi QFY da yashovchi 21 yoshli  shaxs qo`lga olingan. Mazkur holat bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Jinoyat sodir bo`lgan joyda ashyoviy dalillar ham topilgan. Ayni vaqtdaqotillik sabablari aniqlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1