Suratdagi bu antiqa haykalchalar nimadan yasalgani haqida bir o`ylab ko`ringchi? Bir qarashda buni anglash juda mushkul. Ko`rinishidan kattaginaga o`xshaydigan bu haykalchalarning kattaligi aslida 4 santimetrdan oshmaydi. Chunki ular meva danaklaridan yaratilgan.
Xaydao san`ati Xitoyda Song sulolasi davrida (960-1279) paydo bo`lgan. Ming sulolasi davriga (1368-1644) kelib esa eng asosiy san`at turlaridan biri sanalgan.
Ushbu san`at turi bilan o`sha davrlardayoq hamma ham shug`ullana bilmagan. Sababi, bu san`at asarlarini yaratish uchun bir necha yil o`qish, o`rganish lozim bo`lgan.
Bundan tashqari Xaydao bilan shug`ullanuvchi kishilar o`ta sabrli bo`lishlariga to`g`ri kelgan.
Bu haykalchalar marosimlarda sovg`a sifatida tortiq qilingan va aksariyati buyurtma asosida tayyorlangan. Ulardan ayollar uchun taqinchoqlar, bezaklar ishlangan.
Bugun ana shu san`at turining bir qancha namunalarini e`tiboringizga havola etamiz. Fikrlaringiz esa kutib qolamiz.