AsosiyJamiyat

Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga yangi rektor tayinlandi

Bugun O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Ilmiy kengashiga yangi rektor Abdumalik Jumanovni tanishtirdi. Bu haqda uz.ca-news.org nashri xabar beradi.

Jumanov mazkur lavozimga Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi qaroriga asosan tayinlandi.

Shu kunga qadar A. Jumanov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori lavozimida ishlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar