1

Eng toza tishli begemot

Dunyo 03.03.2015, 16:29
Eng toza tishli begemot

Shanxaydagi katta zooparkda yashovchi begemotning tishlari bir haftada 3 marotaba, mahsus tish chyotkasi yordamida tozalanar ekan. Ushbu chyotkaning dastasi uzun yog`ochdan tayyorlangan bo`lib, bu xavfsizlik vazifasini o`taydi.

Chunki u nima bo`lganda ham hayvon, kutilmaganda tashlanib qolishi mumkin. Og`zini ochgan mahalda begemotning barcha tishlari ko`rinmaydi. Aslida esa uning 40 ta tishi bo`ladi. “Tabiiy sharoitda yashaydigan begemotlarni tishini tozalash shart emas. Chunki ular qattiq o`tlarni iste`mol qilishadi va ularning tishlar orasida qolib ketishi qiyin, ammo zooparkdagi begemotlar bu muolajaga muxtoj. Sababi ular asosan meva va sabzavotlarni eyishadi, ulardan chiqadigan sharbat, hayvonlarning og`iz bo`shligini, tishlarini ishdan chiqarishi mumkin” deydi, zooparkda tish tozalovchi vazifasini ishlaydigan Pan Suy Ven.

Aytish lozimki Pan Suy Ven begemotning tishlarini tozalaydigan vaqtda atrof odamlar bilan to`ladi, chunki bunday e`tibor barcha zooparklarda bor, deb bo`lmaydi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1