1

O`zbekiston milliy aviakompaniyasi Boeing-767-300 VSF samolyotlari orqali muntazam yuk tashuvini boshladi

Jamiyat 05.03.2015, 11:57
O`zbekiston milliy aviakompaniyasi Boeing-767-300 VSF samolyotlari orqali muntazam yuk tashuvini boshladi

Joriy yilning 3-4 martidan «O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi ikkita yuk tashuvchi Boeing-767-300 VSF samolyotlarining muntazam ekspluatasiyasini boshladi. 

«Uzbekistan airways technics»  aviakorxonasida C-chek formadagi to`liq texnik xizmatdan o`tkazilgan ushbu yuk tashuvchi samolyotlar  bo`yoqdan chiqqandan so`ng «Navoiy» aeroportiga jo`natildi. Aviakompaniya axborot xizmatining ma`lum qilishicha,  samolyotlarning tijoriy yuklanishi 53 tonnani tashkil qiladi, deb yozadi uz24.uz nashri.

Birinchi qatnov 3 mart kuni Navoy-Dehli yo`nalishida, 4 mart kuni esa Navoiy-Dubay yo`nalishida ikkinchi parvoz amalga oshirildi.

«O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi 29 martdan boshlab yozgi navigasiyaga o`tishi munosabati bilan «Navoiy» aeroportidan Amsterdam, Shanxay va Mumbay yangi yo`nalishlarida muntazam yuk qatnovlarini amalga oshiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1