O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov kuni kecha shoh va shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi munosabati bilan shoir g`azallaridan kuylangan qo`shiqlar to`plamini muxlislari e`tiboriga havola etdi.
O`tgan haftadan esa xonandaning 7-24 aprel kunlari “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadigan “Ardog`imdasiz” nomli konsert dasturiga chiptalar sotuvi boshlandi. O`tgan yili xonanda konsertini fonogrammada e`lon qilgan bo`lsa-da, konsert jonli ijroda bo`lgandi.
Bu yil ham Nazarbekovning konsert bannerlarida “fonogrammadan foydalaniladi” degan yozuvlarga ko`zimiz tushdi. Balki xonanda o`tgan yildagidek yo`l tutmoqchidir.





