AsosiyShou-biznes

Bugun “Tashkent Plaza” Art markazida “Hunarmandlar sayyorasi”- “Sharq bozori” loyihasi doirasida bayramona ko`rgazma ochiladi

Bugun 6 mart kuni “Tashkent Plaza” Art markazida “Hunarmandlar sayyorasi”- “Sharq bozori” loyihasi doirasida bayramona ko`rgazmasi ochiladi. Bu haqda Uzbekistan Today xabar beradi.

Mazkur ko`rgazmadan o`zbek hunarmandlari, ustalari tomonidan yaratilgan ajoyib suvenirlar, milliy matolarimizdan tayyorlangan sumkalar, taqinchoqlar va boshqa ko`plab milliy buyumlar joy oladi. Shuningdek, turli uslubda yaratilgan liboslar, qo`lda ishlangan tabiiy sovunlar, milliy naqshlar tushirilgan qutichalar, kulolchilik buyumlari ham taqdim etiladi. Mazkur loyiha tashkilotchilari tomonidan turli xil o`yinlar, mahorat darslari taqdim etiladi. Ko`rgazma ikki kun, 6-7 mart kunlari bo`lib o`tadi.

 

    Boshqa yangiliklar