AsosiyShou-biznes

Gollivud yulduzi Xarrison Ford shaxsiy samolyotida xalokatga uchradi

O`tgan asrda ishlab chiqarilgan kichik turdagi Ryan PT-22 Recrui samolyotida sayohat qilayotgan Gollivud yulduzi Xarrison Ford Los-Anjelesdagi katta golf maydonchalaridan biriga samolyoti bilan birga qulab tushdi. Aviaxalokatdan so`ng aktyor turli tana jarohatlari, xususan boshga etgan jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi. Bu voqea haqida jar solib natijani kutayotgan chet el ommaviy axborot vositalariga aktyor, tez orada tuzalib ketishi va salomatligi tiklanayotgani haqida xabar bergan, deb yozadi spletnik.ru nashri.

Eslatib o`tamiz, Xarrison Ford uchuvchi lisenziyasiga ega. U ko`plab parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Bu uning parvoz bilan bog`liq birinchi qulashi emas. 1999 yili ham u boshqarib ketayotgan vertolyot Santa-Klarita shaharchasiga qulab tushgandi. 

    Boshqa yangiliklar