Xitoylik shifokorlar COVID-19 koronavirusi bilan og`rib tuzalgan odamlarning plazmasini kasallikni yuqtirgan bemorlarga quygandi, bu koronavirusni davolashda samarali bo`lib chiqdi, deb ma`lum qildi «Sinxua» agentligiga tayanib Xabar.uz.
Yangi davolash usulining samaradorligi haqida Uxandagi shifoxona bosh shifokori Chjan Dinyuy matbuot anjumanida ma`lum qildi.
Ekspertlarning izohlashicha, kasallikni enggan ayrim kishilarning plazmasida antitanachalar aniqlanib, ular koronavirusga qarshi kurashishda yordam beradi.
«Global Times» gazetasining xabariga ko`ra, yangi davolash usuli bilan shifokorlar og`ir ahvoldagi o`nta bemorni davolashga muvaffaq bo`lishgan.