Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida tezkor tadbir o`tkazildi.
O`tkazilgan tezkor tadbir davomida tumandagi ovqatlanish muassasalaridan biri o`rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.
Tekshiruv davomida muassasadan fuqaro A.A.ga tegishli bo`lgan 2 dona “koka-kola” idishining ustki qismi, elektron tarozi, 2 dona shpris, 1 dona zar qog`ozga o`ralgan jigarrang rangdagi o`tsimon modda va 8 dona “amitripsilin” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shundan so`ng tezkor tadbir davom ettirilib, Mirzo Ulug`bek tumanidagi ko`p qavatli uylardan birining yon atrofi belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi.
Natijada, uy atrofidagi temir panjaralar orasiga uddaburonlik bilan magnit va skotch yordamida 2 gramm og`irlikdagi “spays” giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.