AsosiyJamiyat

O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`ladi?

'O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`ladi?'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlarida ob-havo qanday bo`lishi bo`yicha ma`lumot berdi. 

Bugun, 15 fevralda nam havo oqimining ta`siri mamlakatimizning katta qismiga tarqaladi, respublika bo`yicha yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lib o`tadi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

16 fevralda O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik to`xtaydi. Faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab yog`ingarchilik ehtimoli saqlanib turadi.  

Harorat kechasi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq  atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi

    Boshqa yangiliklar