AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik ayol chaqalog`ini er osti yo`liga tashlab ketdi

'O`zbekistonlik ayol chaqalog`ini er osti yo`liga tashlab ketdi'ning rasmi

Moskvada er osti o`tish yo`liga yangi tug`ilgan chaqalog`ini tashlab ketgan O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi. Ayol tergov vaqtida aybini tan olib, buni moddiy etishmovchilikdan qilganini aytdi. Bu haqda “Interfaks”ga tayanib "Qalampir" xabar berdi.

Joriy yilning 12 fevral kuni Moskva g`arbida er osti yo`lida farzandini qoldirib ketgan 29 yoshli ayol tarjimon yordamida so`roq qilingan. U og`ir moddiy ahvoli tufayli chaqaloqdan qutilmoqchi bo`lganini aytib, aybini to`liq tan olgan. Tergovchi suddan ayolni hibsga olishni so`rayapti.

Nashrning xabar berishicha, ayol Rossiyaga O`zbekistondan kelgan. U kecha, 13 fevralda Moskva viloyatida qo`lga olingan.

Tergov ma`lumotiga ko`ra, 12 fevral kuni Moskvaning Dorogomilov tumanida metro xodimlari qordan 2-3 oylik o`g`il bola chaqaloqni topib olishgan. Zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirib, polisiyaga murojaat qilishgan. Holat bo`yicha jinoiy ish ochilgan.

Hozirda chaqaloq shahar shifoxonasida shifokorlar nazoratida saqlanyapti. Uning hayotiga xavf yo`q. Tibbiy ko`rikdan keyin bolakay ijtimoiy muassasaga topshiriladi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko`chasi yoqasi bo`ylab oqib o`tuvchi Anxor kanalidan yangi tug`ilgan, o`g`il bola jinsiga mansub chaqaloq murdasi topilgan

    Boshqa yangiliklar