Mirzacho`l tumani, "Mirzadala" mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi 1986 yilda tug`ilgan fuqaro Q.U. viloyat ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, o`ziga tegishli bo`lgan rag`batlantirish pullarini Mirzacho`l tumani Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi boshlig`i o`zining plastik kartasiga “Klik” orqali o`tkazib, shaxsiy manfaatlari yo`lida ishlatib yuborganini bildirgan.
Viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Mirzacho`l tumani SEOM bosh vrachi Z.A. jami 85.533.896 so`m pullarni xodimlarga rag`batlantirish sifatida yozib shaxsiy manfaatlari yo`lida ishlatib yuborgani aniqlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






