1

Og`ir atletika bo`yicha Osiyo chempionatida o`zbekistonlik ikki nafar qiz g`olib bo`ldi

Sport 15.02.2020, 20:59
Og`ir atletika bo`yicha Osiyo chempionatida o`zbekistonlik ikki nafar qiz g`olib bo`ldi

Ayni paytda Toshkentning «O`zbekiston» sport majmuasida Og`ir atletika bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati bo`lib o`tmoqda. Bu haqda "Zamon" informasion dasturi xabar berdi.

Unda bir qator atletlarimiz chempionlik uchun bahs olib borishyabdi. Biroz avval, ayollar o`rtasidagi bellashuvlarda ikki nafar sportchimiz Osiyo chempioni bo`ldi. 17 yoshgacha bo`lgan o`smirlar o`rtasidagi bahsda Madinabonu Jo`raeva 3 ta oltin medalni qo`lga kiritdi.

20 yoshgacha bo`lgan yoshlar bahsida esa Barchinoy Eshqulova 2 ta oltin va 1 ta kumush medaliga ega chiqdi. Shu tariqa har ikkala sportchimiz sharafiga ketma-ket ikki marotaba O`zbekiston madhiyasi yangradi. Eslatib o`tamiz qizlarimiz medallarni qo`lga kiritish bilan birga 2020 yil bo`lib o`tadigan Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarni ham o`z hisobiga yozib qo`ydi.

Chempionat 20 fevralga qadar davom etadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1