Xitoy moliya vazirligi 15 fevral kuni epidemiya nazoratini qo`llab-quvvatlash uchun mahalliy hokimiyatlarga 8 milliard yuan (1,15 milliard dollar) miqdorida mablag` ajratdi, shundan 3,5 milliard yuan epidemiyaning markazi bo`lgan Xubey viloyatiga yo`naltiriladi. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.
Moliya vazirligi o`z veb-saytida e`lon qilgan bayonotda aytilishicha, bugungi kunga qadar turli moliya organlari tomonidan koronavirusni nazorat qilish uchun umumiy hisobda 90,15 milliard yuan (13 milliard dollarga yaqin) miqdorda mablag` ajratilgan.






