Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat maktablaridagi boshlang`ich sinf o`quvchilarini bepul issiq ovqat bilan ta`minlash g`oyasi dastlab ko`pchilik tomonidan ma`qullanmaganini aytdi.
“TASS” xabariga ko`ra, Putin: “Hammasi jo`ngina bo`lgani yo`q. Bunga hamma qarshi edi”, deb ta`kidlagan.
Eslatib o`tamiz, Putin federal yig`ilishga murojaatida birinchidan to`rtinchi sinfgacha barcha o`quvchilarni sifatli issiq ovqat bilan ta`minlanishini taklif qilgandi.
Bu tartib Rossiyada 2023 yil 1 sentyabridan joriy qilinishi belgilangan.