1

“101 vatandosh izidan” ekspedisiyasi davom etmoqda

Madaniyat 17.02.2020, 17:59
Teglar: 101 vatandosh izidan, Amsterdam
“101 vatandosh izidan” ekspedisiyasi davom etmoqda

“101 vatandosh izidan” loyihasi ishchi guruhining O`zbekiston — Germaniya — Niderlandiya — Polsha — Belarus — Rossiya —O`zbekiston yo`nalishi bo`yicha ekspedisiya davom etmoqda. Ekspedisiya a`zolari Berlin, Shtukenbrok (Germaniya), Amsterdam, Amersfort (Niderlandiya) shaharlarida bo`lishib, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g`alabaga o`z hissasini qo`shgan o`zbek o`g`lonlari shaxsini aniqlashga qaratilgan o`rganishlar olib borishmoqda.

Xususan, Germaniyadagi Shtukenbrok qabristonida dafn etilgan 3 nafar vatandoshimiz shaxsi aniqlandi. Ular:

1. (Saodarov Nurali) Safarov Nurali Safarovich

2. (Avizub Bagron) Avezov Bahron

3. (Ruzmet Atrachman) Ruzmetov Abdurahmon

2020 yilning 11 fevral kuni ekspedisiya a`zolari Amersfort shahri yaqinida dafn etilgan 101 noma`lum askar qabrlarini ziyorat qildilar. U erda kam sonli shaxsi aniqlangan urush qurboni — navoiylik askar Saidqul Qahhorov qabriga uning Nurota tumanidagi hovlisidan keltirilgan turpoq qo`yildi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Xotira bog`iga qo`yish uchun o`zbeklar dafn etilgan ushbu qabristondan ramziy tuproq ham olib ketildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1