1

Messi hech qaysi futbolchi olmagan sovrinni qo`lga kiritdi

Sport 18.02.2020, 10:11
Messi hech qaysi futbolchi olmagan sovrinni qo`lga kiritdi

Kataloniyaning “Barselona” klubi sardori Lionel Messiga “Laureus World Sports Awards” mukofoti topshirildi. Shuningdek, ushbu unvonga Messi bilan bir qatorda “Formula-1” musobaqalarida bir necha bora chempion bo`lib kelayotgan Lyuis Xemilton ham loyiq ko`rilgan. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Mazkur mukofotga ikkala sportchidan tashqari tennischi Rafael Nadal, golf ustasi Tayger Vuds, marafon bo`yicha mashhur rekord sohibi Eliud Kipchoge va motopoygachi Mark Markes nomzod sifatida ko`rsatilgan edi.

Bugunga qadar mazkur sovrinni birorta ham futbolchi qo`lga kiritmagan edi. Lionel Messi ushbu mukofotni futbolchilar o`rtasida birinchi bo`lib oldi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1