AsosiyDunyo

Qozog`istonda mahalliy mutaxassis bo`lmasa, xorij fuqarolari jalb etiladi

'Qozog`istonda mahalliy mutaxassis bo`lmasa, xorij fuqarolari jalb etiladi'ning rasmi

Qozog`istonda mahalliy mutaxassislar mavjud bo`lgan lavozimlar uchun chet el ishchilariga kvota berishni taqiqlash rejalashtirilmoqda, deya Migrasiya agentligi matbuot kotibi Tengrinews.kz nashriga asoslanib xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2019 yilda 25,5 ming chet el ishchilarini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berilgan, ularning 80 foizini kompaniya rahbarlari, tarkibiy bo`linmalar rahbarlari va malakali mutaxassislar tashkil etgan.

2020 yilda kompaniyalarda qozog`istonlik kadrlar ulushini 96 foiz bo`lishini ta`minlash rejalashtirilgan va o`tgan yilga nisbatan chet el ishchilarini jalb qilish kvotasi 40 foizga qisqartirilgan.

    Boshqa yangiliklar