AsosiyDunyo

Olma-Otada terraktlar uyushtirishni rejalashtirganlar qo`lga olindi

'Olma-Otada terraktlar uyushtirishni rejalashtirganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Olma-Otadagi gavjum joylarda teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan ikki nafar ekstremist qo`lga olindi. Qozog`iston Milliy xavfsizlik qo`mitasi (MXQ) xodimlari gumondorlarni 14 fevral kuni qo`lga olingan va ular sud qarori bilan hibsga olingan.

Ularning yashash joyida olib borilgan tergov harakatlari chog`ida qo`lbola portlovchi moslamalari va ularni tayyorlash uchun butlovchi qismlar topilgan, deb yozadi RIA Novosti.

Tergov ma`lumotlariga ko`ra, hibsga olinganlar respublika hududida, jumladan, gavjum joylarda terrorchilik xurujlarini tayyorlagan. Hozirda terrorchilik aktiga tayyorgarlik va terrorizmni targ`ib qilish faktlari bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

 

    Boshqa yangiliklar