AsosiyDunyo

Uxan shifoxonasi rahbari koronavirusdan vafot etdi

'Uxan shifoxonasi rahbari koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

Uxandagi vaqtinchalik shifoxonalardan birining rahbari koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda tarjimon internet nashri «Shenmin Ribao» gazetasi xabariga asoslanib ma`lum qilmoqda.

«Vuchang kasalxonasi direktori Liu Szining COVID-2019 bilan kasallangan va 17 fevral kuni vafot etdi», deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, 2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy ma`murlari Jahon sog`liqni saqlash tashkilotiga (JSST) mamlakatning markaziy qismidagi Xubey viloyati Uxan shahrida noma`lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berishgan edi. Mutaxassislar kasallikning qo`zg`atuvchisini aniqladilar. Bu 2019-nCoV virusi edi. JSST epidemiyani xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy COVID-2019 deb nom berdi.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, bu virus bilan kasallanganlar soni 71334 nafarga etgan. Undan halok bo`lganlar esa 1775 nafarni tashkil qilib turibdi.

    Boshqa yangiliklar