Rossiyada samolyotning hojatxonasidan katta miqdordagi pul topib olgan ayolga jinoyat ishi ochildi. U pullarni yashirib, o`zlashtirishga uringan. Rossiya Transport polisiyasi Tomsk-Moskva aviareysining mazkur yo`lovchisiga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atdi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, ayol umumiy qiymati 1 million rubl bo`lgan dollar va evrodan iborat paketni samolyot hojatxonasidan topib, ekipajga xabar bermay o`zlashtirmoqchi bo`lgan. Ko`p o`tmay Germaniyaga tranzit bilan to`y qilish uchun chet elga ketayotgan parvoz yo`lovchilari huquq-tartibot xodimlariga ushbu pulni yo`qotganliklari bo`yicha murojaat qilishgan, deb yozadi FlashSiberia.
Tergovchilar unutilgan pullarni o`g`irlashda gumonlanuvchini aniqladilar. Gumonlanuvchi rossyailik ayol hech narsani rad qilmay pulning to`liq miqdorini jabrlanuvchilarga qaytargan va unga nisbatan jinoiy ishi qo`zg`atilgan.
Eslatib o`tamiz, bundan bir yil muqaddam 17 aprelda Sheremetevo aeroportida o`zbekistonlik farrosh xodim topilgan pul sumkasini o`zlashtirib, o`z vataniga, ya`ni O`zbekistonga qochmoqchi bo`lgan edi. Kuzatuv kameralaridan olingan videoyozuvlarga ko`ra, u tozalash paytida 3,6 ming dollarlik konvertni topib olgan va aeroport ma`muriyatga xabar bermagan.






