1

Elmurat Tasmurodov 5 karra Osiyo chempioni

Sport 19.02.2020, 08:03
Elmurat Tasmurodov 5 karra Osiyo chempioni

Kecha, 18 fevral kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo`yicha Osiyo chempionati start olgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmatiga ko`ra, musobaqaning ilk kunidanoq hamyurtlarimiz ikkita medalni qo`lga kiritishdi. Dastlab, -55 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan terma jamoamiz a`zosi Jasurbek Ortiqboev finalga qadar barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchrata oldi. Afsuski, hamyurtimizga oltin medal uchun eronlik raqibga qarshi kurashda biroz omad etishmadi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Shu kuni baribir O`zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medal yozildi. Rio-2016 Olimpiada o`yinlari sovrindori Elmurat Tasmurodov yana bir bor Osiyoda tengsiz ekanligini isbotladi. -63 kg vazn toifasida kurashlarda qatnashgan hamyurtimiz finalda koreyalik Jingsu Songni ishonchli tarzda mag`lub eta oldi va 5 karra Osiyo chempioni degan sharafli nomni qo`lga kiritdi.

-77 kilogramm vazn toifasida Osiyo chempionatida ishtirok etgan yana bir vakilimiz Bekzod Umarov bronza medali uchun bahsda qirg`izistonlik Renat Iliaz Uluga imkoniyatni boy berib qo`ydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1