1

Respublikada 91 ta sport-ta`lim muassasasi tashkil etiladi

Sport 19.02.2020, 14:17
Respublikada 91 ta sport-ta`lim muassasasi tashkil etiladi

“Sport-ta`lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (90-son, 17.02.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2020–2024 yillarda bosqichma-bosqich quriladigan sport inshootlarida 23 ta bolalar va o`smirlar sport maktablari hamda etarli sport inshootlariga ega 68 ta bolalar va o`smirlar sport maktablarining filiallari tashkil etiladi. 

Qaror bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta`lim muassasalarining faoliyati samaradorligini reyting tizimi asosida baholash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Sport-ta`lim muassasalarida olimpiya sport turlari bo`yicha shug`ullanuvchilar sonini oshirish natijasida olimpiya sport turini rivojlantirish reyting baholashning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1