Eronning Quma shahrida ikki kishi Uxan koronavirusi kasalligidan vafot etdi, deya xabar bermoqda tarjimon.uz IRNA tayanib.
Ma`lumotlar Eron sog`liqni saqlash vazirining maslahatchisi Ali Rizo Vahobzodadan olingan. Avvalroq, 19-fevral kuni Eronda ikki kishida koronavirus aniqlangan edi.
Eslatib o`tamiz, 2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy ma`murlari Jahon sog`liqni saqlash tashkilotiga (JSST) mamlakatning markaziy qismidagi Xubey viloyati Uxan shahrida noma`lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berishgan edi. Mutaxassislar kasallikning qo`zg`atuvchisini aniqladilar. Bu 2019-nCoV virusi edi. JSST epidemiyani xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy COVID-2019 deb nom berdi.