Kanadaning Monreal shahri yaqinida qariyb 100 ga yaqin avtomobil ishtirokida sodir bo`lgan YTH oqibatida 60 dan ortiq odam jarohat oldi, deb xabar bermoqda CBC telekanali.
Kvebek transport vaziri Fransua Bonnardelning aytishicha, yo`l-transport hodisasining sodir bo`lishiga qor bo`ronlari yo`llarni ko`rishni cheklab qo`ygani sabab bo`lgan. To`qqiz kishi jiddiy jarohat olgan, yana 60 kishining jarohati engil ekanligi aytilmoqda.
Shossening ikki yo`nalishi bo`yicha harakat to`xtatilgan. Yo`lning 10 kilometri 20 fevral tongiga qadar yopib qo`yilgan.






