1

Mart oyida eng kuchli magnit bo`roni kutilmoqda

Salomatlik 20.02.2020, 17:35
Teglar: magnit, bo`ron
Mart oyida eng kuchli magnit bo`roni kutilmoqda

Bahorning birinchi oyi bir nechta geomagnit hodisalari bilan ajralib turadi, deb xabar berdi “planetanovosti.com”. Mart oyida sodir bo`ladigan magnit bo`roni 2020 yildagi eng kuchli vaziyat bo`lishi mumkin.

Lebedev nomidagi Fizika instituti mutaxassislarining ta`kidlashicha, shu yil 4 mart kuni juda kuchli magnit bo`roni sodir bo`ladi va uning oqibatlari 5 martda ham seziladi. Meteozarba ba`zi fuqarolarning sog`lig`iga ta`sir qilishi natijasida bosh og`rig`i, asabiylashish, tushkunlik, zaiflik va uyqusizlik holatlari yuzaga kelishi mumkin.

Ayniqsa, ob-havoga sezgir, surunkali kasalliklarga chalingan, hissiy jihatdan beqaror va yurak-qon tomir kasalliklari bo`lgan fuqarolar bu hodisaga jiddiyroq e`tibor qaratishlari, magnit bo`roni oldidan shifokor ko`rigidan o`tib, o`z sog`ligi holatini tekshirtirishlari zarur. 

Agar bemorlar va meteota`sirchan insonlar magnit bo`roni kutilayotgan kunlarda ko`chaga chiqsalar doim yonida qon bosimi, yurak-qon tomir kasalliklarini engillashtiruvchi dorilarini olib chiqishlari lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1