AsosiyDunyo

Janubiy Koreyaning Degu shahrida koronavirus juda tez tarqaldi. Shahar “cho`lga” aylangan

'Janubiy Koreyaning Degu shahrida koronavirus juda tez tarqaldi. Shahar “cho`lga” aylangan'ning rasmi

Payshanba kuni Janubiy Koreyaning to`rtinchi yirik shahri bo`lgan va 2.5 milliondan ziyod aholi yashovchi Degu ko`chalari huvillab qoldi.

Shaharda koronavirus juda tez tarqalgani sabab aholi o`z uyida qolishni afzal ko`rmoqda. Virus, cherkovda 61 yoshli ayoldan o`nlab odamlarga yuqqani aytilmoqda. Avvalroq bu ayol koronavirus tekshiruvidan ijobiy o`tgandi.

Cherkovga ibodatga kelgan 90 kishida virus alomatlari aniqlangan va yana o`nlab odamlarda epidemiya borligi tasdiqlangan. Degu meri Kvon Yun-jin aholiga uydan ko`chaga chiqmaslikni aytdi.

«Biz misli ko`rilmagan inqirozdamiz», deydi Kvon jurnalistlarga va kasallik tarqalgan cherkovning barcha a`zolari sinovdan o`tishini qo`shimcha qildi.

«Biz ulardan o`z uylarida oila a`zolaridan izolyasiyada bo`lishlarini so`radik.»

Degu shahrida yashaydigan 28 yoshli Kim Xyon Vo huvillab qolgan ko`chalarni tasvirlar ekan shunday dedi: «Xuddi kimdir shaharning o`rtasida bomba tashlaganga o`xshaydi.”

Ayni paytda Janubiy Koreyada virusga chalingan bemorlar soni 104 kishini tashkil qilmoqda. Shuningdek, bir kishi bu epidemiya tufayli hayotdan ko`z yumgan.

    Boshqa yangiliklar