Xitoy sog`liqni saqlash davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari Szen Isinning ta`kidlashicha, yangi turdagi koronavirusga qarshi preparat aprel oyining ikkinchi yarmida chiqariladi. Dorilarning ayrimlari allaqachon hayvonlarda sinab ko`rilmoqda.
"Avvalo mutaxassislar faol ingredientlarni aniqlab, unga to`g`ri keladigan virus shtammini saralab olishi kerak. Ikkinchi bosqichda, texnologik ishlab chiqarilishi, sifat nazorati yo`lga qo`yiladi. Qator tajribalar olib boriladi va xavfsizlik darajasi bo`yicha ekspertizadan o`tkaziladi. Shundan keyingina dorini klinik sinovga jo`natish mumkin bo`ladi", deyiladi xabarda.
Hozirgacha Xitoyda koronavirusni yuqtirib olganlar 76 ming kishiga etdi. 2247 kishi kasallik qurboni bo`lgan, 18 ming bemor tuzalib uyiga qaytdi.