1

Mamlakatimiz bo`ylab o`zbek milliy filmlari namoyishi davom etmoqda

Madaniyat 22.02.2020, 10:32
Mamlakatimiz bo`ylab o`zbek milliy filmlari namoyishi davom etmoqda

“O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan yoshlar uchun yana bir yaxshi tashabbusga qo`l urildi.Shu yilning 10 fevralidan 10 martiga qadar "Yoshlar va kino” shiori ostida respublika bo`ylab o`zbek milliy filmlari namoyishi tashkil etildi. 

Namoyishning maqsadi so`nggi yillarda Agentlik buyurtmasiga binoan suratga olingan badiiy va xujjatli film hamda multfilmlarni yurtimizning turli hududlarida yashovchi yoshlarga etkazishdan iborat.

20 fevraldan boshlab esa viloyatlarda film ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuvlar ham o`tkazib kelinmoqda. Quyida respublika bo`ylab o`tkazilayotgan namoyishlarda kinoijodkorlar bilan o`tkaziladigan uchrashuvlar kunlari keltirilgan:

1. Toshkent viloyati – 20-25 fevral;                           

2. Sirdaryo viloyati – 20-23 fevral;

3. Jizzax viloyati – 20-21 fevral;

4. Buxoro viloyati - 22-23 fevral;

5. Surxondaryo viloyati – 22-23 fevral;

6. Qashqadaryo viloyati - 24-25 fevral;

7. Navoiy viloyati - 24-25 fevral;

8. Samarqand viloyati - 24-25 fevral;

9. Andijon viloyati - 24-26 fevral;

10. Farg`ona filoyati - 25-27 fevral;

11. Namangan viloyati - 26-28 fevral;

12. Xorazm viloyati - 29 fevral -2 mart;

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1