AsosiyDunyo

Koronavirus Xitoy qamoqxonalariga ham kirib bordi

'Koronavirus Xitoy qamoqxonalariga ham kirib bordi'ning rasmi

Shandun viloyatida joylashgan “Jenchen“ qamoqxonasida virus tarqalishi oqibatida bir yo`la 200 nafar mahbus va xavfsizlik xizmatining 7 nafar xodimi kasalga chalingani aniqlangan.

Turmadagi 2077 nafar mahbus tekshiruvdan o`tkazilgan va ularning 200 nafarida virus aniqlangan. Ayni paytda ular alohida xonaga olinib, davolanmoqda.

Hukumat tarqatgan xabarga ko`ra, fevral oyi o`rtalarida qamoqxonaning xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri qattiq yo`tala boshlagan. Ertasi kuni tekshiruvdan o`tkazilib, uning koronovirus yuqtirgani tasdiqlangan. Shundan keyin turma rahbariyati virus tarqalib ketishining oldini olish uchun zudlik bilan kerakli choralarni ko`rgan. Ammo kech bo`lgan edi. Ro`y bergan hodisa tufayli viloyat Adliya boshqarmasi rahbari Sze Veyszyun o`z vazifasidan ozod etilgan.

    Boshqa yangiliklar