AsosiyMadaniyat

“Chorchinor” qachon obod bo`ladi?

'“Chorchinor” qachon obod bo`ladi?'ning rasmi

O`tgan yil yanvar oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Samarqand viloyatiga tashrifi chog`ida o`tkazgan yig`ilishi bayonida Urgut tumanidagi “Chorchinor” ziyoratgohini obodonlashtirish bo`yicha ko`rsatmalar berilgan, shundan so`ng bu erda qurilish, obodonlashtirish ishlari boshlangan edi.

“Zarafshon” gazetasining telegram kanalida e`lon qilingan murojaatga ko`ra, keyinchalik bu erdagi ishlar to`xtagan. Qurilish va obodonlashtirish ishlari chala qolgan. “Hozir Chorchinorga borsangiz, bu erni tanimaysiz – yo`laklar buzilib ketgan, qurilish chiqindilari to`planib qolgan” deyiladi murojaatda.

Eslatib o`tamiz, “Chor chinor” majmuasi mamlakatimizdagi eng qadimiy obidalardan hisoblanadi. Majmua hududidan yoshi ming yillardan oshgan chinorlar, qadimiy buloq o`rin olgan. Bu erda  VIII-IX asrlarda yashagan sarkarda Abu Tolib Sarmast, Naqshbandiya tariqatining so`nggi vakillaridan  bo`lgan ulug` alloma Valixon Eshon hazratlari, ul zotning avlodlari -  adabiyotshunos olim Qutbiddin Muhiddinov, shoir Abduvali Qutbiddin singari taniqli hamyurtlarimiz dafn qilingan. 

    Boshqa yangiliklar