Shveysariya Prezidenti Simonetta Sommaruga o`z fuqarolariga ajoyib taklif bilan chiqdi. U o`zining 60 yoshga to`lishi munosabati bilan o`tadigan marosimga u bilan bir kunda tug`ilgan barcha fuqarolarni taklif etgan. Bu haqida “The Local” nashri manbasiga tayanib Qalampir xabar bermoqda.
Tantanada ishtirok etish uchun prezidentning veb-saytidan ro`yxatdan o`tish va pasport nusxasini taqdim qilish kerak bo`ladi.
Sommaruga o`z yubileyini 14 may kuni, Berndan uncha uzoq bo`lmagan joyda nishonlaydi.
Nashr bergan ma`lumotlarga ko`ra, davlat rahbari bilan bir kunda 260 nafar atrofida shveysariyalik tavallud topgan.






