1

Koronavirus futbolga ham ta`sir o`tkazishni boshladi

Sport 23.02.2020, 19:05
Teglar: futbol, koronavirus
Koronavirus futbolga ham ta`sir o`tkazishni boshladi

Italiya hukumati koronavirus (Covid-2019) xavfi tufayli mamlakatning 12 ta shahrida karantin e`lon qildi. BU haqda Platforma.uz xabar berdi.

Favqulodda xavfsizlik choralari Lombardiya va Veneto provinsiyalari aholi punktlarida joriy etilgan. Bu hududlarda yashovchilarga shaharlardan tashqariga chiqish taqiqlangan, odamlarga iloji boricha uyda qolishlari tavsiya etilmoqda. O`z navbatida, mamlakatning boshqa nuqtalaridan mazkur shaharlarga kelish ham man etilgan.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Italiyada koronavirusni yuqtirganlar soni 100 kishidan oshib ketdi. Bu Evropadagi eng katta ko`rsatkichdir. Favqulodda holat e`lon qilingan Lombardiya va Venetoda 89 ta holat qayd etilgan.

Kasallanganlardan ikkitasi hayotdan ko`z yumgan, bir kishi to`liq tuzalib ketgan.

Koronavirus hatto futbol o`yinlariga ham ta`sir qilmoqda. Aynan Italiyadagi murakkab vaziyat tufayli Evropa ligasidagi Milanning «Inter» va  Bolgariyaning «Ludogores» jamoalari o`rtasidagi 1/16 javob o`yini (27 fevral) o`tkazilishi so`roq ostida qoldi. Katta ehtimol bilan ushbu bahs tomoshabinlarsiz kechishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1