Turkiya Eron bilan chegarani ehtiyot chorasi sifatida yopishga qaror qildi. Qaror Eronda koronavirus yuqishining 43 ta holati qayd etilgandan so`ng qabul qilingan. Bu haqda Turkiyaning Daily Sabah nashri xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, turk-eron chegarasidagi Kapiko`y va Esendera nazorat-o`tkazish punklari yopilgan. Ushbu choralar Turkiya sharqidagi Van viloyatiga Navro`z ayyomi arafasida Erondan kelayotgan sayyohlar ko`payishi sabab qabul qilingan.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Eronda koronavirus yuqtirishning 43 ta holati qayd etilgan. Undan vafot etganlar 8 kishini tashkil etadi. Shu munosabat bilan ayni paytda Eronda ommaviy madaniy tadbirlar bekor qilinmoqda.
Avvalroq Iroq, Pokiston, Turkmaniston ham Eron bilan chegaralarni yopilgani haqida aytilgan edi.






