Xitoydan tashqarida koronavirus infeksiyasining (Covid-19) tarqalishi xavfi tufayli neft narxi va Osiyo birja indekslari (Yaponiyadan tashqari) tushib ketdi. Shu bilan birga, oltin yana bir unsiya uchun etti yillik eng yuqori narxga ko`tarildi.
24 fevral, dushanba kuni Osiyodagi savdolarning boshlanishida Brent markasidagi neft narxi 3,1 foizga tushib, bir barreli uchun 56,68 AQSh dollarini tashkil etdi, S&P 500 fyucherslari esa 1,3 foizga tushib ketdi, deya nashr tomonidan qayd etib o`tildi. Janubiy Koreyaning Kospi indeksi 3 foizga, Janubiy Koreya voni esa AQSh dollariga nisbatan 0,6 foizga pasaydi. Gonkongning Hang Seng indeksi 1,2% ga, Avstraliya S&P/ASX 200 indeksi – 2,2% ga tushib ketdi.
Avstraliya dollari o`zining analogi sanalgan AQSh dollariga nisbatan $ 0.6607 darajasida, 11 yillik past narxda sotildi. Lisenziyalangan aksiyalar uchun Xitoyning CSI 300 (Shanxay va Shenchjen) indeksi listing aksiyalari uchun 0,7 foizga tushdi, offshor yuan esa 0,1 foizga pasayib, bir dollar uchun 7.0361 ga etdi. 24 fevral kuni Yaponiya bozorlarida milliy bayram tufayli savdo-sotiq o`tkazilmadi.
Oltin narxi oshishda davom etdi va 1% o`sdi va bir troya unsiyasiga 1660 dollarni tashkil qildi. Bu etti yil davomidagi jahon narxlarining eng yuqori ko`rsatkichidir, deya ta`kidlaydi FT. ING kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo`yicha bosh iqtisodchisi Robert Karnellning so`zlariga ko`ra, savdogarlar (treyderlar) yaqin kunlarda Evropaning epidemiyani yuqtirish borasidagi sa`y-harakatlarini diqqat bilan kuzatib boradilar. Uning so`zlariga ko`ra, o`tgan hafta cho`qqisiga chiqqan AQSh fond bozorlari «nimadir noto`g`ri ketayotganidan, asta-sekin sergak uyg`onishmoqda».






