AsosiySport

Dzyudochilarimiz Germaniyada o`tkazilgan turnirda ikkita medalni qo`lga kiritdi

'Dzyudochilarimiz Germaniyada o`tkazilgan turnirda ikkita medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

O`zbekistonlik dzyudochilar Muhammadkarim Xurramov va Davlat Bobonov Germaniyada o`tkazilgan Katta dubulg`a turnirida birinchi marotaba oltin medallarni qo`lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Germaniyada 21−23 fevral kunlari dzyudo bo`yicha o`tkazilgan Dyusseldorf-2020 JF World Judo Tour — Katta dubulg`a turnirida Olimpiada saralashining reyting ochkolari uchun 117 mamlakatdan 676 ishtirokchi tashrif buyurgan. Ushbu turnirda o`zbekistonlik dzyudochilar Davlat Bobonov (-90 kg) va Muhammadkarim Xurramov (-100 kg) oltin medallarni qo`lga kiritgan.

Oliy mukofot uchun kurashda Davlat Bobonov ukrainalik dzyudochi Kejau Nyabali bilan kuch sinashgan. Ikki vazari evaziga O`zbekiston vakili «oltin»ga sazovor bo`lgan.

Muhammadkarim Xurramov 2016 yilgi Olimpiada finalchisi, Ozarbayjon vakili — Elmar Gasimov bilan kurashga kirishib qo`shimcha vaqtda kurashni o`z foydasiga hal qilgan va O`zbekiston milliy terma jamoasi uchun ikkinchi oltin medalni qo`lga kiritgan.

Bobonov va Xurramov uchun bu Katta dubulg`a turnirining birinchi finali va birinchi oltin medalidir. Ikkala sportchi ham Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiada o`yinlarining 1000 reyting ochkolarini o`z hisoblariga yozib qo`yishdi.

Boshqa yangiliklar