1

Ayol milliarderlarning oshig`i olchi

Dunyo 17.03.2015, 14:22
Ayol milliarderlarning oshig`i olchi

Boy bo`lish kundan-kunga osonlashib borayotgandek go`yo... Har holda dunyoning turli nuqtalarida millioner va milliarderlar sonining ortib borayotganidan shunday tasavvur uyg`onishi tabiiy..

ENG YoSh MILLIARDER AYoL

Hozir eng yosh milliarder ayol 24 yoshli Perenna Key bo`lib, u Gonkongda istiqomat qiladi. Perennaning boyligi 1,3 milliard dollarga baholanib, u ko`chmas mulk bozorida faoliyat olib boradi. U oliy o`quv yurtini tamomlab, bakalavr darajasini olgan.

MILLIARDERLARNING 25 FOIZI AYoLLAR

Milliarder ayollar son jihatdan ham rekord o`rnatishdi, hozirda ularning soni 172 nafarni tashkil etib, bu milliarderlarning umumiy ulushining 25 foizi degani. Milliarderlarning asosiy qismi Shimoliy Amerikada.

DUNYoNING ENG BOY AYoLI

Dunyoning eng boy ayoli AQShda yashaydi. U Kristi Volton bo`lib, uning boyligi 2014 yilda 36,7 milliard dollarga baholangan. Shuningdek, u AQShdagi umumiy boylar orasida 6-o`rinni, Forbes jurnali talqini bo`yicha esa dunyoda 9-o`rinni egallaydi. U turmush o`rtog`ining Wal-Mart tarmoq do`konlaridagi ulushiga merosxo`r.

ShARQ AYoLLARI UDDABURON ChIQIShDI

G`arbda ayollar katta boylikni meros orqali olishni afzal ko`rishsa, Sharqda ayollar o`z boyliklarini asosan tadbirkorlik yo`li bilan qo`lga kiritishgan. Masalan, Gonkongda bunday ayollar soni 54,5 foiz, Xitoyda esa – 66,7 foizni tashkil qiladi. Ushbu foizlar aholi soni emas, milliarder ayollarning umumiy sonidan kelib chiqib hisoblangan. Bunday tafovut sababini Sharqning tobora rivojlanib borishi bilan bog`lashmoqda. Boshqa tomondan mentalitetning ham ahamiyati borligini e`tiborga olish mumkin. 

HAMMA MILLIRADER BO`LIShI MUMKIN

Avval ta`kidlaganimizdek, milliarder ayollarning eng katta qismi AQShda istiqomat qiladi. Uning ortidan Germaniya va Braziliya o`rin olgan. Deyarli har bir odam qaerda yashamasin milliarder bo`lishi mumkin. Bunda ko`plab omillar inobatga olinadi, ya`ni insonning xarakteri va bilimi, mamlakat va dunyodagi iqtisodiy vaziyat, shuningdek, omad va mehnat.

BIROVNING KOMPANIYaSIDA BOYIGAN AYoL

Milliarder ayollarning yana bir vakili Sheril Sandbergdir. U Facebook kompaniyasida yuqori lavozimni egallaydi va u ilk bor «milliarderlar klubi» a`zosiga aylandi. Eng qiziqarlisi bu emas, gap shundaki, u o`z boyligini o`zining emas, birovning kompaniyasida orttirgan (statistikaga ko`ra, aksariyat milliarderlar o`z biznesiga ega).

AFRIKANING ILK MILLIARDER AYoLI

Nigeriyada ilk milliarder ayol paydo bo`ldi. Bu Folorunsko Alakiya bo`lib, u o`zining marhum eridan 630 000 akr neft maydonini meros qilib oldi. Ushbu vaziyatdan so`ng, u Afrikada muhim shaxsga aylandi qoldi.

2014 YIL REKORD YIL BO`LDI

Yuqorida sanab o`tilgan hodisalardan tashqari 2014 yil millionerlar uchun rekord yili bo`ldi. WealthInsight kompaniyasi tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko`ra, AQShdagi millionerlar soni qariyb 500 ming kishiga etdi. Bu ro`yxatda 4-ko`rsatkich. Uchinchi o`rinni 10 foiz o`sish yoki 1 590 kishi bilan Nigeriya egalladi. Ikkinchi pog`onadan 17,1 foiz yoki 42,921 kishi bilan Hindiston joy oldi. Birinchi o`rin esa Indoneziyada – ushbu mamlakatda millionerlar soni 22,1 foiz yoki 8,362 kishiga o`sdi. Millionerlar soni bo`yicha etakchi mamlakatlar o`ntaligiga Rossiya ham kirdi bu erda o`sish 4,8 foiz - 7,661 kishini tashkil qildi.

Kuzatuvchilarning fikricha, bunday o`sish iqtisodiyotning tiklanishi bilan bog`liq. Biroq mutaxassislar tanglik paytida boylar tezroq va ko`proq boylik orttira olishini ta`kidlashadi. Demak boylik iqtisodiyotga bog`liq yoki bog`liqmasligini o`zingiz hal qiling.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1