Bahor mavsumi ijod ahliga o`zgacha kayfiyat ulashishi aniq. Mavsumning eng go`zal bayrami hisoblanmish Navo`z ayyomi arafasida san`atkorlar muxlislar uchun bayramona tuhfalar yaratish istagidalar.
Bir necha kundan beri instagram ijtimoiy tarmog`ida “Sarbon” guruhi hamda shou-biznes vakillari birgalikda sumalak tayyorlayotgan fotosuratlari namoyish etilib, ko`pchilikda qiziqish uyg`otayotgandi. Bugun aynan shu qiziqishlarga oydinlik kiritish fursati etdi. Bugun premera etilayotgan yangi videomahsulot “Sarbon” guruhi, ya`ni Farhod Saidov boshchiligida “Sumalak” nomli tarona uchun yaratilgan bo`lib, uni bu safar estradamizning eng yorqin vakillari bilan birgalikda ijro etishdi. Jumladan, Gulsanam Mamazoitova, Ziyoda, Yulduz Turdieva, Umidaxon, Munisa Rizaeva, Abdurashid Yo`ldoshev, Doston Ubaydullaev, Aziz Rametov, Ulug`bek Otajonov, Adiz Rajabov, Shahzoda Muhammedova hamda Zuhra Solievalar bor mahoratlarini ko`rsatib, taronani yanada jozibador bo`lishiga o`z hissalarini qo`shdilar. Eng qizig`i iste`dodli aktyor bo`lishiga qaramay xonandalikda ham o`zini sinab ko`rmoqchi bo`lgan Adiz Rajabovni ovozga tasanno aytmasdan iloj yo`q.
Qo`shiq haqida qisqacha mah`lumot berib o`tsak, “Sumalak” taronasining matni Eshqobil Shukur qalamiga mansub bo`lib, musiqasini Farhod Saidov bastalagan. Marhamat, komedik janrda tasvirga olingan mazkur klipni bugun saytimiz orqali tomosha qilib, bahramand bo`ling.
Manba: popcorn.uz