AsosiyDunyo

Qozog`istonda moliyaviy piramida aniqlandi — 9 kishi xalqaro qidiruvga berildi

'Qozog`istonda moliyaviy piramida aniqlandi — 9 kishi xalqaro qidiruvga berildi'ning rasmi

Qozog`istonda moliyaviy piramida aniqlandi. “Hozirda 22 ta jimoiy ish ko`rib chiqilmoqda. Ulardan uchtasi moliyaviy piramidadir: Lombard 24, Esteyt Lombard hamda Foydali kredit”, — dedi mamlakat ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasi boshlig`i Sanjar Adilov seshanba kungi brifingda.

Qozog`iston IIV ma`lumotlariga ko`ra, etkazilgan zarar miqdori 5 mlrd tenge (125 mlrd so`m)ni tashkil etadi. Zarar gumonlanuvchilarning mol-mulklari hisobidan qaytariladi.

Hozirda 9 nafar kishi, jumladan 3 nafar piramidalar asoschilari xalqaro qiduruvga berilgan. 13 kishi esa hibsga olingan.

    Boshqa yangiliklar