Eron sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Iraja Xarirchida koronavirus aniqlandi. Bu haqda ILNA agentligi xabariga asoslanib Sof.uz ma`lum qildi.
Uning koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija berdi.
Eron sog`liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi televideniega bergan intrevyusida Xarirchining
koronavirus yuqtirib olganini tasdiqladi.
Eron rasmiylariga ko`ra, mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar soni 95 kishini tashkil etmoqda. 15 kishi mazkur virus keltirgan kasallik tufayli vafot etdi.






