AsosiyDunyo

Turk samolyoti yo`lovchilarda koronavirus ehtimoli mavjudligi sababli ortga qaytarildi

'Turk samolyoti yo`lovchilarda koronavirus ehtimoli mavjudligi sababli ortga qaytarildi'ning rasmi

Samolyot Tehrondan Istanbulga qarab parvoz qilgan, ammo u havodayoq ortga, Anqara aeroportiga qaytarilgan. 17 yo`lovchida harorat ko`tarilgan, ularda koronavirus borligiga shubha paydo bo`lgan.

Samolyot Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo`lgan, deya xabar beradi Hurriyet Turkiya sog`liqni saqlash vaziri Faxretdin Kodjaga asoslanib. 

Barcha 132 nafar yo`lovchi va ekipaj a`zolari ikki hafta davomida karantinda saqlanadi va tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar