AsosiyDunyo

Xitoyda koronavirus bilan tug`ilgan chaqaloq 17 kunda dorisiz tuzaldi

'Xitoyda koronavirus bilan tug`ilgan chaqaloq 17 kunda dorisiz tuzaldi'ning rasmi

Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida koronavirusni yuqtirgan go`dak 17 kunda dorisiz sog`ayib ketdi. Syao Syao ismli qizaloq Uxan bolalar shifoxonasida dunyoga kelgan. Ota-onasidan biri xavfli COVID-19 koronavirusini yuqtirgandi.

Go`dak tug`ilgan zahoti respiratorli infeksiyalar va yurakdagi arzimas asoratlarga qarshi kurasha boshladi. Alomatlari jiddiy bo`lmagani bois shifokorlar unga dori bermaslikka qaror qilishdi.

«Qizcha nafas olishga qiynalmadi, yo`talmadi, isitmasi ham chiqmadi. Biz undagi miokardial holatni davoladik xolos», — deydi shifokor Szen Linkun.

Chaqaloq 17 kunlik bo`lganda Syao Syaoning koronavirusga tahlillari manfiy chiqdi. Qizaloq mustaqil sog`ayib ketdi.

Umuman olganda, dunyo bo`yicha 80,3 mingdan ziyod kishi koronavirusni yuqtirdi. Ulardan qariyb 2,7 mingtasi vafot etdi, 27,8 mingdan ziyod bemor tuzaldi. Virus birinchi bo`lib aniqlangan Xitoydan tashqari COVID-19 kasalligi dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar