1

Yuzlab yangi Lada avtomobillari 5 yildan beri cho`lda turibdi...

Dunyo 26.02.2020, 17:39
Teglar: avtomobil, Lada
Yuzlab yangi Lada avtomobillari 5 yildan beri cho`lda turibdi...

2015 yilda Qozog`iston va Turkmaniston o`rtasidagi neytral zonada Rossiyada ishlab chiqarilgan 150 ga yaqin mashinalar tuzoqqa tushgan edi. Ushbu 100 dan ortiq mashinalar cho`lda 5 yildan beri turibdi, deb xabar bermoqda Sof.uz internet manbalarga tayangan holda.

Mashinalar turargohi tarixi

2015 yil bahorida Turkmaniston rasmiylari havo yostig`i (Airbag) bilan jihozlanmagan mashinalarni olib kirishni kutilmaganda taqiqlab qo`yishdi. Boz ustiga, ba`zi tadbirkorlar bu muammo haqida Qozog`iston chegarasini kesib o`tgandan so`ng bilib qoldilar.

Natijada, ular qiyin vaziyatga tushib qolishdi va yangi qonun tufayli ularga Turkmanistonga kirish huquqi berilmadi. Turkmaniston bojxonasining muhri bo`lmagani uchun ular Qozog`istonga ham qaytib o`ta olmadilar. 150 dan ortiq jumladan, Ladaning 7-modeli, Niva va Samara avtomobillari cho`lda tuzoqqa tushib qolib ketdi.

Ushbu mashinalarni buyurtma qilgan odamlar esa bir necha hafta davomida chegarada turib ilojsizlikdan cho`lning o`rtasida mashinalarni qoldirib ketishga majbur bo`lishdi.

Bu vaqt oralig`ida "tashabbuskor" turkman aholisi tomonidan mashinalar qisman demontaj qilindi. Ushbu holat yuzasidan Qozog`iston tashvishga tushib, mashina egalariga Rossiyada ularni sotish uchun tranzit hujjatlarini berishga qaror qildi.

Ammo avtomobillar qisman demontaj qilinganligi sababli, bu g`oyani amalga oshirish qiyin bo`ldi. Shu sababli, asta-sekin axlatxonaga aylanadigan nochor turargoh joyi bo`lib qolmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1