AsosiyDunyo

Sayyohlar uchun 2020 yilda eng xavfsiz bo`lgan davlatlar ma`lum qilindi

'Sayyohlar uchun 2020 yilda eng xavfsiz bo`lgan davlatlar ma`lum qilindi'ning rasmi

Fransiya sayyohlik sug`urta kompaniyasi 2020 yilda sayohat qilish uchun eng xavfsiz 10 ta mamlakatni aniqladi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo.

Ekspertlar tabiiy ofatlar, transport, sog`liqni saqlash tizimlarining sifati, jinoyatchilik va terrorizm tahdidi darajasi to`g`risida ma`lumotlarni to`plagan va Shveysariya 2020 yilda sayyoradagi eng xavfsiz mamlakat deb tan olingan.

U mukammal sog`liqni saqlash tizimiga ega, zo`ravonliklar va yo`l-transport hodisalari kam, deya tavsiflangan. Ikkinchi o`rinni Singapur egallagan. Qayd etilishicha, u birinchi o`rinni olishi ham mumkin edi, lekin havo tozaligi bo`yicha Shveysariya undan ustunlik qilgan.

Norvegiya 2020 yilda dunyoda eng xavfsiz uchinchi davlat deb tan olingan. To`rtinchi o`rinni Lyuksemburg va Kipr egallagan.
Ushbu reytingdagi o`ntalikdan, shuningdek, Islandiya, Daniya, Portugaliya, Finlandiya va Yaponiya ham o`rin olgan.

Boshqa yangiliklar