AsosiyDunyo

Koronavirus: Rossiya 1 martdan Janubiy Koreyaga aviaqatnovlarni to`xtatadi

'Koronavirus: Rossiya 1 martdan Janubiy Koreyaga aviaqatnovlarni to`xtatadi'ning rasmi

Rossiya hukumati koronavirus sababli 1 mart kunidan boshlab Janubiy Koreya bilan aviaqatnovlarni to`xtatadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o`rinbosari Tatyana Golikova ma`lum qilganini xabar berdi Meduza, deb yozmoqda Daryo. Unga ko`ra, «Aeroflot» va «Avrora» kompaniyalari Janubiy Koreyaga parvozlarni davom ettiradi.

«RBK»ning yozishicha, Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi parvozlarning cheklanishi va cheklovning «Aeroflot» va «Avrora» kompaniyalariga taalluqli emasligini aviatashuvlar bozorida raqobatning buzilishi deb atamoqda. Ayni paytda Janubiy Koreyaga parvozlarni «Aeroflot», «Avrora», S7 Airlines va «Yakutiya» aviakompaniyalari amalga oshirmoqda.

Shuningdek, Rossiya rasmiylari mamlakat fuqarolarini Italiyaga safar qilmaslikka chaqirmoqda. Italiya bilan aviaqatnovlarni to`xtatish rejalashtirilmayapti.

Rossiya 28 fevraldan boshlab Eron fuqarolariga viza berishni to`xtatadi. Taqiqning qachongacha davom etishi noma`lum.

Xitoy bilan aviqatnovlarga qo`yilgan cheklov kamida 1 aprelgacha davom etadi. Shuningdek, Xitoy bilan chegaralarni kesib o`tishga qo`yilgan cheklov ham shu sanaga qadar davom etadi.

Golikovaning ma`lum qilishicha, Rossiya rasmiylarining ixtiyorida koronavirusning tirik shtammasi mavjud hamda olimlar vaksina ustida ish olib bormoqda, shu paytga qadar beshta namuna yaratildi.

«Rospotrebnadzor» rahbari Anna Popovaning ma`lum qilishicha, Rossiyada pnevmoniya bilan og`rigan barcha bemorlar qo`shimcha ravishda koronavirusga tekshiriladi.

Janubiy Koreya koronavirus tarqalishi bo`yicha Xitoydan keying ikkinchi yirik markazga aylandi. Mazkur mamlakatda koronavirus 1261 kishida aniqlangan, 12 kishi vafot etgan. Italiyada virus bilan kasallanganlar soni 374 kishiga etgan, 12 kishi vafot etgan. Eron virus qurbonlari soni bo`yicha Xitoydan keyingi ikkinchi mamlakat bo`ldi. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 19 kishiga etgan, kasallikni yuqtirib olganlar soni esa 139 kishiga etgan.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Braziliyada birinchi marta koronavirusga chalinish holati tasdiqlandi. Ispaniyaning Tenerife orolidagi H10 Costa Adeje Palace mehmonxonasida karantin e`lon qilindi.

Xitoy Milliy sog`liqni saqlash komissiyasi mamlakatning materik qismida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 78 ming kishidan oshib ketgani, ulardan kamida 29 ming nafari davolanib, kasalxonadan chiqarilganini ma`lum qildi. Kasallikni yuqtirib olish bilan bog`liq 78 064 ta tasdiqlangan holat qayd etilgan, 29 745 kishiga kasalxonalardan uyiga javob berilgan, vafot etganlarning umumiy soni esa 2715 kishiga etgan.

    Boshqa yangiliklar