AsosiyDunyo

Saudiya Arabistoni koronavirus sababli ziyoratchilarning mamlakatga kirishini to`xtatadi

'Saudiya Arabistoni koronavirus sababli ziyoratchilarning mamlakatga kirishini to`xtatadi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni o`z hududida yangi turdagi koronavirus tarqalishining oldini olish uchun bir qator choralarni joriy etdi. Bu haqda chorshanba kuni Qirollik Tashqi ishlar vazirligi ma`lum qildi.

Xususan, xukumat umra - kichik haj safarini bajarish uchun ziyoratchilarning mamlakatga kirishini to`xtatib turishga buyruq berdi.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistonining «vakolatli sog`liqni saqlash organlari mezonlariga muvofiq» koronavirus tarqalishi qayd etilgan mamlakatlardan kelgan sayyohlar qirollikka tashrif buyurish vaqtincha taqiqlangan. 

    Boshqa yangiliklar