AsosiyDunyo

Koronavirus jahon iqtisodiyotiga 1 trln dollar zarar etkazdi

'Koronavirus jahon iqtisodiyotiga 1 trln dollar zarar etkazdi'ning rasmi

Agar virus pandemiya (epidemiyaning kuchli va keng qamrovli tarqalishi)ga aylansa, 2020 yilda butunjahon YaIMi 1,1 trln dollarga (1.3 %) qisqaradi. Buni Oxford Economics tahlilchilari hisoblab chiqdi. deb yozmoqda xs.uz.

Tahlilchilar tomonidan taqdim etilgan ikkinchi ssenariyga ko`ra, virus faqatgina Osiyoga zarar etkazadi. Bunda dunyo 0.4 trln dollar (0.5 % YaIM) yo`qotadi.

Jahon iqtisodiyotining ko`radigan zarari korxonalarda ishchilarning yo`qligi, mehnat unumdorligining pasayishi, turizmning qisqarishi, ta`minot zanjirining uzilishi, savdo va investisiyalar hajmining qisqarishida namoyon bo`ladi deb yozadi tahlilchilar.

Hozircha Markaziy banklar va hukumatlar koronavirus global iqtisodiyotga unchalik zarar etkaza olmasligi va avj olganidan so`ng tezda tiklanishi mumkinligiga ishonishadi.

JSST COVID-19ni “jiddiy tashvish” tug`dirishini ta`kidladi, biroq uni hali pandemiya darajasi emas, deb hisoblaydi.

Jahon banki 2019 yilning oktyabr oyida, koronavirus tarqalishidan oldin global pandemiya jahon iqtisodiyoti o`sishini 1 foizga qisqartira oladi deya ma`lum qilgan edi.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, koronavirusdan butun dunyo bo`ylab 2704 kishi halok bo`ldi.

Boshqa yangiliklar