1

Moskvada professor-kardiolog o`z joniga qasd qildi

Dunyo 19.03.2015, 14:16
Moskvada professor-kardiolog o`z joniga qasd qildi

Rossiyaning Bakulev nomidagi ilmiy tibbiyot markazida ko`p yillar davomida kardiolog bo`lib ishlagan professor Edmund-Mixail Nikolaevich Lyude kecha, 18 mart kuni o`z joniga qasd qildi, deya xabar beradi newstes.ru nashri.

Ma`lumotlarga ko`ra, professor o`zi istiqomat qilib turgan ko`p qavatli binoning derazasidan tashlagan. U bir necha yillardan beri og`ir kasallikka chalingan bo`lib, tobi bo`lmay shifoxonalarga murojaat qilgan vaqtida uni barcha shifoxona, kasalxonalar qabul qilishdan bosh tortishgan.

O`z joniga qasd qilishdan avval u xat qoldirib ketgan. Unda bu ishni qilishiga tibbiyot xodimlarining befarqliklari va uni shunday og`ir holatida biror kasalxona qabul qilmagani yozilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1