AsosiyDunyo

Qozog`istonda 45 nafar yo`lovchi bo`lgan avtobus ag`darilib ketdi. Ular orasida o`zbekistonliklar ham bor

'Qozog`istonda 45 nafar yo`lovchi bo`lgan avtobus ag`darilib ketdi. Ular orasida o`zbekistonliklar ham bor'ning rasmi

Qozog`istonning Aqto`be viloyatidagi Karabutak—Kostanay trassasida 25 fevral kuni 45 nafar yo`lovchi — O`zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo`lgan avtobus ag`darilib ketdi. Hodisa vaqtida avtobus ichida bo`lganlardan biri  ma`lum qilishicha, Chimkentdan Ekaterinburgga qarab yo`lga chiqqan avtobus yo`l muzlashi tufayli ag`darilgan, uning ichida o`ndan ortiq o`zbekistonliklar bo`lgan.

Yo`lovchilar orasida jarohatlanganlar yo`q. Mahalliy huquq-tartibot idoralari tashabbusi bilan yo`l transport hodisasi ishtirokchilari mehmonxonaga joylashtirilgan.

Hozircha ushbu hodisa yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Transport vazirligi munosabat bildirmadi.

Avvalroq TIV Konsullik-huquqiy departamenti O`zbekiston fuqarolari qish mavsumida avtobus yoki boshqa transport turlarida Qozog`istonga kirishda yoki uning hududidan o`tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko`rishga e`tibor qaratish zarurligini eslatib o`tgandi.

    Boshqa yangiliklar